LOTIN YOZUVIGA OʻTISHNING OʻZBEK TILIGA TA'SIRI AFZALLIKLARI VA QIYINCHILIKLARI

Read full text
Authors: DINORA NIZAMOVA
Cited by: 0

Abstract

Mazkur ilmiy maqolada o‘zbek tilining lotin yozuviga o‘tish jarayoni va uning til taraqqiyotiga ta’siri tahlil qilinadi. Tadqiqotda lotin yozuvining joriy etilishi natijasida yuzaga kelgan ijobiy jihatlar, xususan, axborot texnologiyalari bilan integratsiya, xalqaro muloqot imkoniyatlarining kengayishi hamda tilning zamonaviylashuvi masalalari yoritiladi. Shu bilan birga, yozuv islohoti jarayonida uchrayotgan muammolar — avlodlar o‘rtasidagi yozuv tafovuti, imlo bir xilligining yetarli darajada shakllanmaganligi va ta’lim tizimidagi moslashuv jarayonlari ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari lotin yozuviga o‘tish jarayonining murakkab, ammo til rivoji uchun muhim bosqich ekanini ko‘rsatadi hamda ushbu jarayonni yanada samarali tashkil etish bo‘yicha xulosalar chiqariladi.

Fields of Study & Subjects

Linguistic research and analysis Linguistics and Cultural Studies Linguistic and Sociocultural Studies

Publication details

Pages
33–36
Publication date
12 January 2026