TERMIN VA TERMINOLOGIYANING NAZARIY ASOSLARI
Abstract
Ushbu maqolada termin va terminologiya tushunchalarining mazmuni, ularning shakllanish jarayoni hamda zamonaviy ilm-fan taraqqiyotidagi o‘rni tahlil qilinadi. Maqolada terminologiya fani bo‘yicha yetakchi olimlarning nazariy qarashlari, jumladan, terminning asosiy xususiyatlari, tasnifi, bir ma’nolilik, aniqlik va tizimlilik kabi mezonlari ilmiy yondashuvlar orqali yoritiladi. Shuningdek, fan va texnika rivoji, ilmiy axborot almashinuvi hamda tarjimonlik faoliyatida terminlarning ahamiyati batafsil ko‘rib chiqiladi. Tadqiqotda terminologiyaning milliy til rivojiga ta’siri, yangi terminlarni yaratish va ularni standartlashtirish masalalari ham asoslangan holda bayon etilgan. Maqola terminologiya sohasining nazariy asoslarini o‘rganayotgan talabalar, tadqiqotchilar hamda tilshunoslar uchun muhim ilmiy-amaliy manba bo‘lib xizmat qiladi.
Fields of Study & Subjects
linguistics and terminology studies
Lexicography and Language Studies
Linguistics and Language Studies
Publication details
- Pages
- 136–138
- Publication date
- 14 January 2026