ELEKTRON DARSLIK YARATUVCHI DASTURLAR BILAN ISHLASH BOʻYICHA VIDEO-QOʻLLANMA TAYYORLASH
Abstract
Mazkur maqolada elektron darslik yaratuvchi dasturlar bilan ishlash bo‘yicha video-qo‘llanma tayyorlashning nazariy va amaliy asoslari tahlil qilinadi. Raqamli ta’lim jarayonining jadallashuvi o‘qituvchilardan axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish, elektron o‘quv resurslari yaratish va ularni o‘quvchilarga qulay shaklda yetkazib berish ko‘nikmalarini talab etmoqda. Shu sababli video-qo‘llanmalar pedagoglar uchun amaliy yo‘riqnoma sifatida muhim ahamiyat kasb etadi. Video shakldagi ko‘rsatmalar interfeys elementlarini ko‘rgazmali yoritish, bosqichma-bosqich jarayonni tushuntirish va real ish muhitiga yaqin tajriba yaratish imkonini beradi.
Fields of Study & Subjects
Educational Technology and E-Learning
Educational Methods and Technology
Educational Methods and Teacher Development
Publication details
- Pages
- 59–63
- Publication date
- 14 January 2026