OTA, ONA, AKA-UKA, OPA-SINGIL QARINDOSHLIK OTILARINING "IKKI ESHIK ORASI" ROMANIDA MATNIY VA FUNKSIONAL-SEMANTIK TAHLILI
Abstract
Mazkur maqolada O‘tkir Hoshimovning Ikki eshik orasi romanida qo‘llangan ota, ona, aka-uka, opa-singil qarindoshlik atamalarining badiiy matndagi funksional-semantik xususiyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqot jarayonida ushbu qarindoshlik birliklarining nafaqat biologik yoki ijtimoiy munosabatni ifodalovchi nominativ birlik sifatida, balki personaj xarakterini ochuvchi, milliy mentalitetni aks ettiruvchi va diskursiv yuklamaga ega badiiy vosita sifatidagi roli yoritiladi. Roman matnida qarindoshlik atamalari orqali oilaviy munosabatlar, avlodlararo aloqa, ijtimoiy mas’uliyat va axloqiy qadriyatlar ifodalanishi aniqlanadi. Tadqiqot natijalari o‘zbek adabiy tilida qarindoshlik terminlarining matndagi semantik salohiyati yuqori ekanini ko‘rsatadi.
Fields of Study & Subjects
Linguistics and Cultural Studies
Language and Culture
Linguistic research and analysis
Publication details
- Pages
- 122–125
- Publication date
- 16 January 2026