BALAND QAVATLI BINOLARDA FAVQULODDA VAZIYATLARDA AXBOROT-ANALITIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH ORQALI QUTQARUV ISHLARINING SAMARADORLIGINI OSHIRISH
Abstract
Ushbu maqolada baland qavatli binolarda sodir bo‘ladigan favqulodda vaziyatlarda qutqaruv ishlarining samaradorligini oshirishda axborot-analitik texnologiyalardan foydalanish masalalari ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqotda axborotlarni yig‘ish, qayta ishlash va tahlil qilish asosida qaror qabul qilish jarayonini takomillashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Axborot-analitik yondashuv qutqaruv bo‘linmalarining harakatlarini muvofiqlashtirish, kuch va vositalarni optimal taqsimlash hamda favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish vaqtini qisqartirish imkonini berishi asoslab berildi. Tadqiqot natijalari favqulodda vaziyatlar xizmatlari faoliyatida amaliy ahamiyatga ega.
Fields of Study & Subjects
Safety and Risk Management
Fire dynamics and safety research
Military Strategy and Technology
Publication details
- Pages
- 126–128
- Publication date
- 16 January 2026