MUSIQADA ROMANTIK DAVR BASTAKORLARI

Read full text
Authors: Umida Shaymardanova
Cited by: 0

Abstract

Mazkur maqolada Romantik davr musiqasi, ya’ni 19-asr Yevropa musiqa madaniyatining shakllanishi va rivojlanishi tarixiy, ijtimoiy hamda estetik jihatdan tahlil qilinadi. San’at va jamiyat o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlik asosida romantik tafakkurning paydo bo‘lishiga ta’sir etgan siyosiy inqiloblar, sanoatlashuv jarayoni va milliy ongning kuchayishi yoritiladi. Maqolada bastakor shaxsining klassik davrdagi aristokratiyaga qaram holatdan mustaqil ijodkor maqomiga o‘tishi, milliy musiqa maktablarining vujudga kelishi, tabiat va inson ruhiyati romantik musiqaning asosiy ilhom manbalariga aylangani asoslab beriladi. Shuningdek, romantik davr musiqasining bugungi musiqa madaniyatidagi o‘rni va ahamiyati ochib beriladi.

Fields of Study & Subjects

Musicology and Musical Analysis Literature Musicology and Cultural Analysis Music History and Culture

Publication details

Pages
17–21
Publication date
19 January 2026