FILOLOG TALABALARNING AKADEMIK YOZUVINI RIVOJLANTIRISHDA VIKI MUHARRIRLIK FAOLIYATINING ROLI

Read full text
Authors: Umarova Gulmira
Cited by: 0

Abstract

Ushbu tezisda filologiya yo‘nalishi talabalari akademik yozuvini rivojlantirish jarayonida viki muharrirlik faoliyatining pedagogik-didaktik ahamiyati tahlil qilinadi. Viki muhiti matn yaratish, tahrirlash, versiyalarni solishtirish va hamkorlikda muhokama qilish imkoniyatlari orqali akademik yozuvni jarayon sifatida shakllantirishga xizmat qiluvchi raqamli makon sifatida talqin etiladi. Tadqiqotda viki muharrirligi talabalarni dalillash, manba bilan ishlash, ilmiy uslub me’yorlarini saqlash hamda matnni mantiqiy va izchil qurish ko‘nikmalarini mustahkamlashiga doir konseptual xulosalar ishlab chiqiladi. Konseptual-tahliliy yondashuv va o‘quv jarayonini loyihalash tajribasi asosida viki muharrirlik faoliyati akademik yozuv sifatini oshirishda samarali bo‘lishi, biroq bu samaradorlik aniq mezonlar, bosqichli topshiriqlar, adolatli baholash hamda akademik halollik tamoyillariga tayangan holda ta’minlanishi asoslanadi.

Fields of Study & Subjects

Wikis in Education and Collaboration Academic Writing and Publishing Educational Technology in Learning

Publication details

Pages
25–27
Publication date
19 January 2026