NON MAHSULOTINING SIFATINI OSHIRISHDA DONNI SAQLASH JARAYONLARI VA SHAROITLARINING ROLI

Read full text
Authors: Xamdam Karimov, Nargiza Narkabulova
Cited by: 0

Abstract

Non mahsulotlarining sifati asosan xomashyo sifatiga, ya’ni donning saqlanish darajasi va texnologik holatiga bog‘liqdir. Donni saqlash jarayonlari va sharoitlari uning fizik-kimyoviy tarkibini, fermentativ faolligini va texnologik xususiyatlarini shakllantiradi, bu esa tayyor non mahsulotining sifat ko‘rsatkichlariga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Ushbu maqolada donni saqlash jarayonlari va sharoitlarining un sifatiga, hamda nonning fizik-kimyoviy va organoleptik ko‘rsatkichlariga ta’siri ilmiy asosda tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari donni saqlash texnologiyalarini optimallashtirish non mahsulotlarining sifatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etishini ko‘rsatadi.

Fields of Study & Subjects

Food composition and properties Advanced Scientific Research Methods Agricultural Engineering and Mechanization

Publication details

Pages
111–112
Publication date
27 January 2026