MUSIQA NAZARIYASI ASOSIDA O'QUVCHILARDA MUSIQIY TAFAKKUR VA IJROCHILIK MAHORATINI RIVOJLANTIRISH MASALALARI

Read full text
Authors: Barchin Dusmamatova
Cited by: 0

Abstract

Mazkur maqolada musiqa nazariyasi fanining o‘quvchilarda musiqiy tafakkur va ijrochilik mahoratini shakllantirishdagi o‘rni ilmiy-pedagogik jihatdan tahlil qilinadi. Musiqiy tafakkur musiqiy idrok, eshitish, tahlil va ijodiy fikrlash jarayonlarining uzviy birligi sifatida talqin etilib, nazariy bilimlarning amaliy ijro bilan uyg‘unlashuvi masalasi asoslab beriladi. Tadqiqot davomida musiqa nazariyasi mashg‘ulotlarida ritm, temp, dinamika, artikulyasiya va garmoniya tushunchalarini o‘rgatish orqali o‘quvchilarning musiqiy savodxonligi, eshitish madaniyati hamda ijro sifatini oshirish imkoniyatlari yoritilgan. Shuningdek, zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish musiqiy ta’lim samaradorligini oshirishning muhim omili ekani ta’kidlanadi.

Fields of Study & Subjects

Diverse Music Education Insights Music Education and Analysis Musicology and Musical Analysis

Publication details

Pages
97–101
Publication date
5 February 2026