MINTAQANING INNOVATSION IQTISODIY RIVOJLANISH TENDENSIYASI

Read full text
Authors: F.U. Umarov
Cited by: 0

Abstract

Hozirgi globallashuv davrida mintaqaviy iqtisodiyot mamlakatlarning barqaror rivojlanishida strategik ahamiyat kasb etmoqda. O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning ta’kidlashicha, "har bir viloyat - yirik sanoat, qishloq xo‘jaligi yoki xizmat ko‘rsatish markazi bo‘lishi kerak"[1]. Ushbu g‘oya mintaqaviy rivojlanishning yangi konsepsiyasini belgilab berdi. Mintaqa iqtisodiyotini rivojlantirishning zamonaviy tendensiyalari XXI asrning uchinchi o‘n yilligi mintaqaviy iqtisodiyotni rivojlantirishda strategik paradigmaning tubdan o‘zgarishiga guvoh bo‘lmogda. Global pandemiya, geosiyosiy keskinliklar, iqlim o‘zgarishi va to‘rtinchi sanoat inqilobi an’anaviy mintaqaviy rivojlanish modellarini qayta ko‘rib chiqishni taqozo etdi. Mintaqalar endi nafaqat milliy iqtisodiyotning passiv tarkibiy qismlari, balki mustaqil innovatsion tizimlar, raqobatbardosh afzalliklar manbalari va barqaror rivojlanishning faol subyektlariga aylanmogda.

Fields of Study & Subjects

Regional Economic Development and Innovation Economic Development and Regional Competitiveness Regional Development and Innovation

Publication details

Pages
60–64
Publication date
6 February 2026