MAXSUS SUBYEKTLI JINOYATLARNING JINOYAT TARKIBI TIZIMIDAGI O'RNI
Abstract
Mazkur tezisda jinoyat tarkibi tizimida maxsus sub’ektli jinoyatlarning o‘rni va ahamiyati nazariy hamda amaliy jihatdan tahlil qilinadi. Muallif jinoyat sub’ekti tushunchasini umumiy va maxsus belgilar nuqtai nazaridan yoritib, maxsus sub’ekt belgilari jinoyatni kvalifikatsiya qilishda hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanligini asoslab beradi. Ayniqsa, mansabdor shaxs alomati eng keng tarqalgan maxsus sub’ekt belgisi sifatida tahlil qilinib, uning jinoyat-huquqiy mazmuni, qonunchilikda ifodalanishi hamda turli ilmiy yondashuvlar doirasidagi baholari ochib beriladi. Tezisda O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi normalari tahlili asosida maxsus sub’ekt belgilarining jinoyat-huquqiy normalar dispozitsiyalarida bevosita yoki bilvosita ifodalanish shakllari ko‘rsatib o‘tiladi. Shuningdek, mansabdor shaxs, xizmatchi va hokimiyat vakili tushunchalarining o‘zaro nisbati tahlil qilinib, ularning jinoyatlarni to‘g‘ri kvalifikatsiya qilishdagi ahamiyati yoritib beriladi. Tadqiqot natijalari maxsus sub’ektli jinoyatlar bo‘yicha huquqni qo‘llash amaliyotida huquqiy aniqlik va bir xil yondashuvni ta’minlashga xizmat qiladi.
Fields of Study & Subjects
Criminal Law and Policy
Ukrainian Legal and Forensic Studies
Legal Studies and Policies
Publication details
- Pages
- 88–91
- Publication date
- 6 February 2026