SHARQ MATEMATIK TAFAKKURINING ILIM-FAN TARAQQIYOTIDAGI O'RNI

Read full text
Authors: Gulnigor Begboyeva
Cited by: 0

Abstract

Ushbu maqolada IX–XV asrlarda musulmon Sharqi hududida shakllangan matematika maktablarining fan va texnika taraqqiyotidagi o‘rni tahlil qilinadi. Muhim e’tibor matematikaning Xorazm ilmiy muhitidan boshlangan va Samarqand ilmiy markazida yuksak cho‘qqisiga chiqqan tarixiy uzluksiz rivojlanish jarayoniga qaratilgan. Tadqiqotda al-Xorazmiy, Beruniy, Umar Xayyom, Nasiriddin Tusi, Mirzo Ulug‘bek va al-Koshiylarning ilmiy merosi fan metodologiyasi va hisoblash texnikasi nuqtayi nazaridan tahlil etiladi. Maqolada Sharq matematik tafakkurining evolyutsiyasi — algoritmik fikrlashdan amaliy integratsiyaga, abstrakt modellashtirishdan texnik aniqlikka tomon izchil o‘sish sifatida yoritilgan. Natijalar Sharq matematik maktablari Yevropa Uyg‘onish davrining ilmiy asoslarining shakllanishida hal qiluvchi o‘rin tutganini ko‘rsatadi.

Fields of Study & Subjects

History and Theory of Mathematics Historical Studies and Socio-cultural Analysis Historical Astronomy and Related Studies

Publication details

Pages
149–151
Publication date
10 February 2026
Language
UZ