DIRECT COSTING VA ABSORPTION COSTING TIZIMLARINING AFZALLIKLARI VA FARQLI JIHATLARI AMALIY MISOLDA

Read full text
Authors: Kholisa Kuldosheva
Cited by: 0

Abstract

Zamonaviy ishlab chiqarish korxonalarida xarajatlar hisobini yuritish tizimining tanlanishi narx belgilash, rentabellikni tahlil qilish va strategik qarorlar qabul qilishda muhim ahamiyatga ega. Ushbu maqolada direct costing (o‘zgaruvchan xarajatlar) va absorption costing (to‘liq yutuvchi xarajatlar) tizimlarining nazariy asoslari, amaliy qo‘llanilishi va afzalliklari tahlil qilinadi. Adabiyotlar sharhi va empirik tadqiqotlar bu tizimlarning boshqaruv va moliyaviy hisobotdagi rolini yoritadi. PULP AND PAPER MCHJ misolida olib borilgan solishtirma tahlil har ikkala tizimning iqtisodiy asoslanganligini ko‘rsatadi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, direct costing qisqa muddatli boshqaruv qarorlarini qabul qilishda va narx siyosatida samarali bo‘lsa, absorption costing tizimi moliyaviy hisobot va soliq hisoboti yuritishda zarurdir. Maqola O‘zbekistonning ishlab chiqarish sektorida ushbu tizimlarni gibrid shaklda qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar bilan yakunlanadi.

Fields of Study & Subjects

Accounting and Organizational Management Accounting Theory and Financial Reporting Accounting and Financial Management

Publication details

Pages
152–156
Publication date
10 February 2026
Language
UZ