TALABALAR JAMOASIDA GURUH SARDORINING BOSHQARUV ROLI: REFLEKSIYA VA IJTIMOIY XULQ-ATVOR OMILLARI
Abstract
Mazkur maqolada oliy ta’lim muassasalarida amal qilayotgan guruh sardori talabalarda salbiy refleksiya shakllanishiga ta’sir etuvchi omil sifatida tahlil qilinadi. Tadqiqotning asosiy maqsadi ushbu institutsional rolning talabalar ijtimoiy-psixologik rivojlanishida salbiy holatlarni qanday rag‘batlantirishini aniqlash hamda uni muqobil boshqaruv modellari bilan almashtirish imkoniyatlarini asoslashdan iborat. Tadqiqotda institutsional, ijtimoiy-psixologik va korrupsiyaga qarshi tizimli tahlil usullaridan foydalanildi. Natijada guruh sardori doirasida norasmiy vakolatlarning shakllanishi mikro-korrupsion xatti-harakatlar uchun qulay muhit yaratishini hamda talabalar ongida salbiy refleksiv qarashlarni mustahkamlashini ko‘rsatilgan. Tadqiqot yakunida ushbu institutni bekor qilish va shaffof, zamonaviy boshqaruv tizimini joriy etish bo‘yicha tavsiyalar berilgan.
Fields of Study & Subjects
Education
Leadership
and Health Research
Corruption and Economic Development
Higher Education Governance and Development
Publication details
- Pages
- 98–104
- Publication date
- 12 February 2026