IQTISODIY NIZOLAR BO'YICHA UNDIRUVNI MOL-MULKKA QARATISHNING HUQUQIY JIHATLARI
Abstract
Ushbu tadqiqot ishida iqtisodiy sudlar tomonidan qabul qilingan qarorlarni ijro etish jarayonida qarzdorning mol-mulkiga undiruvni qaratishning huquqiy asoslari, protsessual tartibi va ushbu sohadagi xalqaro tajriba tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida amaldagi qonunchilikdagi bo‘shliqlar, xususan, mol-mulkni xatlash, baholash va realizatsiya qilish bosqichlaridagi murakkabliklar, shuningdek, raqamli aktivlar va intellektual mulkka undiruv qaratish masalalari ilmiy-amaliy jihatdan o‘rganilgan. Maqolada rivojlangan davlatlar (Germaniya, Fransiya, AQSh) tajribasidan kelib chiqib, sud ijrochilari faoliyatining samaradorligini oshirish va kreditorlarning huquqiy himoyasini kuchaytirish bo‘yicha takliflar ilgari surilgan.
Fields of Study & Subjects
Law
Economics
and Judicial Systems
Corporate Insolvency and Governance
Legal processes and jurisprudence
Publication details
- Pages
- 137–140
- Publication date
- 17 February 2026
- Language
- UZ