O'RTA ASR ISLOM TAFAKKURIDA ILM VA AXLOQ DIALEKTIKASI: IBN HAJAR AL-ASQALANI MEROSI MISOLIDA
Abstract
Maqolada XIV–XV asrlar islom ilmiy tafakkuri doirasida ilm va axloq o‘rtasidagi munosabat masalasi Ibn Hajar al-Asqalani merosi asosida tahlil qilinadi. Xususan, “Fath al-Bārī bi Sharh Sahih al-Bukhārī” asari misolida ilmiy-axloqiy tarbiya konsepsiyasining metodologik va ma’naviy asoslari ochib beriladi. Tadqiqotda ilmiy halollik, rivoyat zanjirini tekshirish, ustoz-shogird silsilasi, niyat pokligi va sabr tamoyillari ilmiy jarayonning ajralmas tarkibiy qismlari sifatida yoritiladi. Muallif Ibn Hajar ilmni faqat bilish vositasi emas, balki ma’naviy kamolot va ijtimoiy mas’uliyat mezoni sifatida talqin qilganini asoslaydi.
Fields of Study & Subjects
Islamic Thought and Society Studies
Education and Islamic Studies
Qur’anic Interpretation Studies
Publication details
- Pages
- 145–147
- Publication date
- 17 February 2026