REKLAMA MATNLARINING LINGVOPRAGMATIK TAHLILI (INGLIZ VA O'ZBEK TILLARI MISOLIDA)
Abstract
Mazkur maqolada reklama matnlarining lingvopragmatik xususiyatlari ingliz va o‘zbek tillari materiallari asosida qiyosiy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda reklama diskursining asosiy pragmatik vazifalari, xususan, adresatga ta’sir o‘tkazish, ishontirish va motivatsiya uyg‘otish jarayonlari lingvistik vositalar orqali qanday amalga oshirilishi o‘rganiladi. Reklama matnlarida qo‘llaniladigan leksik, grammatik va stilistik birliklarning kommunikativ maqsadga xizmat qilishi tahlil qilinadi. Ingliz va o‘zbek reklama matnlarida madaniy omillar, milliy mentalitet va ijtimoiy qadriyatlarning aks etishi lingvopragmatik nuqtai nazardan yoritib beriladi.
Fields of Study & Subjects
Linguistics and Discourse Analysis
Linguistic research and analysis
Linguistics and Language Analysis
Publication details
- Pages
- 48–50
- Publication date
- 12 January 2026