XITOY VA O'ZBEK TILLARINING TIPOLOGIK XUSUSIYATLARI
Abstract
Mazkur maqolada xitoy va o’zbek tillarining tipologik xususiyatlari qiyosiy nuqtai nazardan tahlil qilindi, Tadqiqotda xitoy tilining analitik (izolyativ) xususiyatlari hamda o’zbek tilining agglutinativ tuzilishi asosiy tipologik mezon sifatida yoritiladi. Ushbu maqolada xitoy va o’zbek tillarida so’z yasalish jarayonlari qiyosiy-tipologik jihatdan tahlil qilinadi. Har ikki tilning morfologik tuzilishi, so’z yasalish usullari va grammatik munosabatlarni ifodalash vositalari qiyosiy tahlil qilinadi. Shuningdek, tillarning tipologik farqlari ularning so’z yasalish tizimi va lug’at boyligini shakllantirish jarayoniga qanday ta’sir ko’rsatishi yoritiladi. Tadqiqot natijalari qiyosiy-tipologik tilshunoslik, tarjima nazariyasi va chet tillarini o’qitish amaliyoti uchun muhim ilmiy xulosalar chiqarishga imkon beradi.
Fields of Study & Subjects
Linguistics and Cultural Studies
Syntax
Semantics
Linguistic Variation
Linguistics and Language Studies
Publication details
- Pages
- 71–76
- Publication date
- 12 January 2026