HUQUQIY MADANIYATNI OSHIRISHDA TA'LIM VA TARBIYANING OʻRNI

Read full text
Authors: Dilshoda Shodiyeva
Cited by: 0

Abstract

Ushbu maqolada jamiyatda huquqiy madaniyatni shakllantirish va rivojlantirish jarayonida ta’lim va tarbiyaning tutgan o‘rni tahlil qilinadi. Huquqiy madaniyat shaxsning huquq va majburiyatlarni bilishi, qonunlarga hurmat bilan qarashi hamda huquqiy normalarga ongli ravishda amal qilishi bilan ifodalanadi. Mazkur sifatlarni shakllantirishda maktabgacha ta’limdan boshlab oliy ta’limgacha bo‘lgan uzluksiz ta’lim tizimi muhim ahamiyat kasb etadi. Maqolada huquqiy bilimlarni o‘rgatish bilan bir qatorda, huquqiy tarbiyaning axloqiy, ijtimoiy va fuqarolik mas’uliyatini rivojlantirishdagi roli yoritiladi. Ayniqsa, yoshlarda qonunga itoatkorlik, adolatga ishonch va huquqbuzarliklarga nisbatan murosasizlik munosabatini shakllantirish ta’lim muassasalari faoliyatining ustuvor yo‘nalishi sifatida ko‘rsatib o‘tiladi. Shuningdek, oila, ta’lim muassasasi va jamiyat hamkorligining huquqiy madaniyatni oshirishdagi ahamiyati asoslab beriladi. Xulosa sifatida huquqiy madaniyatni yuksaltirish barqaror ijtimoiy rivojlanishning muhim omili ekani ta’kidlanadi.

Fields of Study & Subjects

Citizenship Education and Democracy Values and Moral Education Legal Issues in Education

Publication details

Pages
4–6
Publication date
14 January 2026