AXBOROT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANIB O'QUVCHILARDA MANTIQIY FIKRLASHNI RIVOJLANTIRISH METODLARI

Read full text
Authors: Shahzoda Kamolova, Farrux Qodirov
Cited by: 0

Abstract

Ushbu maqola zamonaviy ta’lim jarayonida axborot texnologiyalaridan foydalanib o‘quvchilarda mantiqiy fikrlashni rivojlantirish metodlarini o‘rganishga bag‘ishlangan. Maqolada mantiqiy fikrlashning pedagogik va psixologik asoslari, uning ta’limdagi ahamiyati hamda o‘quvchilarda tanqidiy, tizimli va algoritmik tafakkurni shakllantirish yo‘llari tahlil qilinadi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, virtual laboratoriyalar, interfaol testlar, mantiqiy va algoritmik o‘yinlar, sun’iy intellekt vositalari va jamoaviy loyiha ishlari o‘quvchilarning mantiqiy tafakkurini samarali rivojlantirishda muhim rol o‘ynaydi. Xorijiy va O‘zbekiston olimlarining tadqiqotlari asosida interfaol metodlar dars jarayonini qiziqarli va faol qilishi, muammoni tahlil qilish, sabab-natija munosabatlarini aniqlash va qaror qabul qilish ko‘nikmalarini shakllantirishda samaradorligi ta’kidlangan. Maqolada shuningdek, axborot texnologiyalarini dars jarayoniga integratsiya qilish, o‘qituvchilarni zamonaviy pedagogik va IT kompetensiyalarini oshirish, mantiqiy fikrlashni baholash tizimini joriy etish kabi amaliy tavsiyalar berilgan. Natijada, maqola o‘quvchilarda mantiqiy fikrlashni rivojlantirishning zamonaviy va samarali metodlarini tizimli yoritib, ta’lim sifatini oshirishga xizmat qiladigan pedagogik yondashuvlarni taklif etadi.

Fields of Study & Subjects

Educational methodologies and cognitive development Education and Critical Thinking Development Educational Methods and Teacher Development

Publication details

Pages
43–46
Publication date
14 January 2026