INTERAKTIV TA'LIM PLATFORMALARNING BOSHLANGʻICH TA'LIMDAGI OʻRNI VA SAMARADORLIGI

Read full text
Authors: Sevinch Moʻminova, Farrux Qodirov
Cited by: 0

Abstract

Ushbu maqolada interaktiv ta'lim platformalarining boshlangʻich ta'lim jarayonidagi o‘rni va pedagogik samaradorligi tahlil qilingan. Raqamli texnologiyalar jadal rivojlanib borayotgan bugungi kunda interaktiv platformalardan foydalanish o‘quvchilarning darsga bo‘lgan qiziqishini oshirishi, mavzularni ko‘rgazmali va tushunarli shaklda o‘zlashtirishiga yordam berishi bilan alohida ahamiyat kasb etmoqda. Tadqiqot davomida xorijiy va mahalliy ilmiy manbalar o‘rganilib, interaktiv vositalarning bilim olish jarayoniga ta’sir darajasi, o‘quvchi faolligini oshirishdagi roli hamda shaxsga yo‘naltirilgan ta'limni tashkil etishdagi imkoniyatlari yoritilgan. Shuningdek, dars jarayonida gamifikatsiya, virtual laboratoriyalar, kollaborativ o‘qitish, hikoyalash kabi interfaol metodlarning qo‘llanishi boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining mantiqiy fikrlash, mustaqil o‘rganish va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qilishi asoslab berilgan. Maqolada interaktiv platformalarning samarali ishlatilishi uchun zarur shart-sharoitlar ham ko‘rsatib o‘tilgan: o‘qituvchilarning raqamli malakasini oshirish, texnik ta’minotning yaxshilanishi, ona tilida sifatli elektron kontent yaratish va ota-onalar bilan hamkorlikni kuchaytirish. Yakunda, interaktiv ta’lim platformalari boshlab beradigan innovatsion imkoniyatlar boshlang‘ich ta'lim sifatini oshirishda muhim omil ekanligi ta’kidlanadi.

Fields of Study & Subjects

Educational Technology and E-Learning Education and Technology Integration Educational Methods and Teacher Development

Publication details

Pages
51–54
Publication date
14 January 2026