MIOKARD REVASKULYARIZATSIYASIDAN KEYIN YUIK BILAN OG'RIGAN BEMORLARNING HAYOT SIFATI VA FUNKSIONAL HOLATINI KOMPLEKS BAHOLASH
Abstract
Yurak ishemik kasalligi (YuIK) aholi o‘limi va nogironlik ko‘rsatkichlariga sezilarli ta’sir ko‘rsatadigan eng keng tarqalgan va ijtimoiy ahamiyatga ega patologiyalardan biri bo‘lib qolmoqda. Davolashning yuqori texnologik usullari, shu jumladan teri orqali koronar aralashuvlar (TOKA) va koronar shuntlash (KSH) operatsiyalarining rivojlanishiga qaramay, revaskulyarizatsiya taktikasini optimal tanlash va uning samaradorligini bashorat qilish muammosi hal etilmagan. Koronar oqimning anatomik xususiyatlari, miokardning shikastlanish darajasi, yondosh kasalliklarning mavjudligi va bemorlarning funksional holatidagi farqlar bemorlarni shaxsiy tanlash va boshqarishning yanada aniq vositalarini ishlab chiqishni talab qiladi.
Fields of Study & Subjects
Cardiac and Coronary Surgery Techniques
Coronary Interventions and Diagnostics
Cardiac Health and Mental Health
Publication details
- Pages
- 83–85
- Publication date
- 15 January 2026