RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA MINTAQAVIY BANDLIKNI TA'MINLASHDA HUNARMANDCHILIKNING ROLI
Abstract
Ushbu maqolada raqamli iqtisodiyot sharoitida mintaqalarda bandlikni ta’minlashda hunarmandchilik sohasining o‘rni va ahamiyati ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda hunarmandchilik faoliyatini raqamlashtirish orqali yangi ish o‘rinlarini yaratish, mahalliy iqtisodiyotning innovatsion salohiyatini oshirish hamda aholi daromadlarini barqarorlashtirish imkoniyatlari yoritilgan. Shuningdek, raqamli texnologiyalarni joriy etish natijasida hunarmandlarning marketing, savdo va boshqaruv jarayonlari samaradorligi ortib borayotgani ko‘rsatib o‘tiladi. Maqolada “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasi doirasida hunarmandchilik sohasini rivojlantirish yo‘nalishlari, davlat qo‘llab-quvvatlovi va raqamli infratuzilmaning kengayishi tahlil qilinadi.
Fields of Study & Subjects
Digital Economy and Transformation
Regional Economic Development and Innovation
Education
Technology
and Economics
Publication details
- Pages
- 76–79
- Publication date
- 20 January 2026