NOGIRONLIGI BO'LGAN SHAXSLARGA QULAY VA TO'SIQSIZ MUHIT YARATISH SOHASIDA QONUNCHILIK MASALALARI

Read full text
Authors: Xusniddin Kutpiddinov
Cited by: 0

Abstract

Mazkur ilmiy maqolada Oʻzbekiston Respublikasida nogironligi boʻlgan shaxslarga qulay va toʻsiqsiz muhit yaratish sohasidagi qonunchilik hujjatlari hamda ularning amaliy ijrosi tahlil qilinadi. Tadqiqot predmeti sifatida nogironligi boʻlgan shaxslarning ijtimoiy infratuzilma obyektlari, transport vositalari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va xizmatlardan moneliksiz foydalanishini taʻminlashga qaratilgan normalar oʻrganildi. Maqolaning maqsadi — sohada qabul qilingan qonun hujjatlarining mazmun-mohiyatini yoritish, davlat nazorati va javobgarlik mexanizmlarini baholash hamda mavjud muammolarni aniqlashdan iborat. Tadqiqotda normativ-huquqiy tahlil, tizimli yondashuv, qiyosiy tahlil hamda statistik maʻlumotlarni umumlashtirish metodlari qoʻllanildi. Natijada sohada huquqiy baza izchil rivojlanib borayotgani, biroq toʻsiqsiz muhit talablarining amaliyotga toʻliq joriy etilishi boʻyicha qoʻshimcha nazorat va samarali ijro mexanizmlarini kuchaytirish zarurligi asoslandi.

Fields of Study & Subjects

Disability Rights and Representation Administrative Law and Governance Legal Studies and Reforms

Publication details

Pages
56–61
Publication date
27 January 2026