RAQAMLI TO'LOV TIZIMLARIDA AXBOROT XAVFSIZLIGI VA MA'LUMOTLARNI HIMOYALASH: MILLIY MODELNI TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI
Abstract
Mazkur tadqiqotda raqamli to‘lov tizimlarida axborot xavfsizligi va ma’lumotlarni himoyalash masalalari hamda ularni milliy sharoitda takomillashtirish yo‘nalishlari tahlil qilinadi. Tadqiqot jarayonida xalqaro amaliyotda sinovdan o‘tgan autentifikatsiya, real vaqt monitoringi, riskka asoslangan nazorat va tokenizatsiya kabi xavfsizlik mexanizmlarining milliy to‘lov tizimiga ta’siri ilmiy jihatdan asoslab beriladi. Shuningdek, axborot xavfsizligini ta’minlashda institutsional yondashuv, kiberbarqarorlikni mustahkamlash hamda foydalanuvchi omilining o‘rni yoritiladi. Tadqiqot natijalari raqamli to‘lov tizimlarida axborot xavfsizligini kuchaytirish va ma’lumotlarni himoyalashga qaratilgan samarali milliy modelni shakllantirish uchun ilmiy-amaliy asos bo‘lib xizmat qiladi.
Fields of Study & Subjects
Information and Cyber Security
Cybersecurity and Information Systems
Security
Politics
and Digital Transformation
Publication details
- Pages
- 103–105
- Publication date
- 28 January 2026