RENIYNING SORBSIYASI: TADQIQOTLAR, USULLAR VA ILMIY YONDASHUVLAR
Abstract
Ushbu maqolada reniyning (Re) sorbsiyasi jarayoni va uning samarali usullari ko‘rib chiqiladi. Reniyning perrenat ionlari (ReO₄⁻) sanoat chiqindilarida va atrof-muhitda uchrashi ekologik xavf tug‘dirishi sababli, uni samarali ajratib olish muhim masalalardan biridir. Maqolada turli sorbent turlari, jumladan, aktiv uglerod, ion almashinuvchi sorbentlari, seolitlar va biomassa asosidagi materiallar tahlil qilinadi. Sorbsiyalash jarayonining asosiy mexanizmlari, jumladan elektrostatik kuchlar, ion almashinuvi va Van der Vaals ta’sirlari haqida ma’lumot beriladi. Shuningdek, zamonaviy nanomateriallar va modifikatsiyalangan polimerlar yordamida reniyni ajratib olish texnologiyalari muhokama qilinadi. Ushbu sharh maqola reniyning ekologik xavfini kamaytirish va uni samarali tozalash usullarini rivojlantirishga qaratilgan tadqiqotlar uchun muhim ma’lumot manbai bo‘lib xizmat qiladi.
Fields of Study & Subjects
Adsorption and biosorption for pollutant removal
Radioactive element chemistry and processing
Extraction and Separation Processes
Publication details
- Pages
- 149–152
- Publication date
- 29 January 2026