MAHALLIY XOM ASHYOLARDAN KOMPOZITSIYON SANOAT MOYLARINI OLISH ASOSLARI
Abstract
Ushbu ishda mahalliy xom ashyolardan, xususan, neft distillyatlari va o‘simlik moylaridan foydalangan holda “kompozitsion sanoat moylarini olish texnologik asoslari” ishlab chiqilgan. Tadqiqot jarayonida xom ashyolarning fizik-kimyoviy xossalari tahlil qilinib, ularning tarkibi va nisbati kompozitsion moy sifatiga ta’siri o‘rganildi. Tajriba natijalariga ko‘ra, o‘simlik moylarini 20–30% miqdorda qo‘shish mahsulotning viskoziteti, termooksidlanish barqarorligi va surtish xossalarini yaxshilashi aniqlangan. Ish natijasida ishlab chiqilgan texnologik yondashuv “import o‘rnini bosuvchi, ekologik xavfsiz va iqtisodiy jihatdan samarali kompozitsion moylar olish imkonini beradi.”
Fields of Study & Subjects
Lubricants and Their Additives
Biodiesel Production and Applications
Edible Oils Quality and Analysis
Publication details
- Pages
- 21–24
- Publication date
- 31 January 2026