BURHONIDDIN MARGʻINONIY FIQHIDA NORMATIVLIK VA MOSLASHUVCHANLIK MASALASI (AL-HIDOYA ASARI ASOSIDA)
Abstract
Mazkur maqolada buyuk hanafiy faqihi Burhoniddin Marg ʻ inoniyning fiqhiy qarashlarida normativlik va moslashuvchanlik masalasi Al - Hidoya asari asosida tahlil qilinadi . Tadqiqotda islom huquqining qat ’ iy qoidalari ( normativlik ) bilan hayotiy sharoitlar , zamon va makon omillariga moslashish ( moslashuvchanlik ) o ‘ rtasidagi muvozanat Marg ʻ inoniy fiqhiy metodologiyasi misolida yoritiladi . Asarda muallifning Qur ’ on , sunnat , ijmo ‘ va qiyosga tayangan holda hukm chiqarishi , zarurat va urf - odat omillarini inobatga olishi ilmiy jihatdan asoslab beriladi . Shuningdek , “ Al - Hidoya ” dagi muomala , ibodat va jinoyat huquqiga oid masalalar orqali fiqhning faqat nazariy emas , balki amaliy va hayotiy xarakterga ega ekanligi ko ‘ rsatib beriladi . Tadqiqot natijalari Marg ʻ inoniy fiqhining normativ barqarorlikni saqlagan holda moslashuvchan yondashuvni ta ’ minlaganini ochib beradi hamda ushbu merosning zamonaviy huquqiy va ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishdagi ahamiyatini asoslaydi .
Fields of Study & Subjects
Qur’anic Interpretation Studies
Islamic Thought and Society Studies
Islamic Studies and History
Publication details
- Pages
- 105–110
- Publication date
- 4 February 2026