QUROLLI MOJAROLAR SHAROITIDA QOCHOQ BOLALARNI HIMOYA QILISHGA OID XALQARO HUQUQIY NORMALAR

Read full text
Authors: Vazira Xudaykulova
Cited by: 0

Abstract

Zamonaviy xalqaro huquqiy tartibotda qurolli mojarolar sharoitida inson huquqlarini, shular qatorida, jamiyatning eng zaif va himoyaga muhtoj qatlami bo‘lgan bolalar huquqlarini ta’minlash eng dolzarb muammolardan biridir. Hozirda global miqyosda yuz berayotgan siyosiy beqarorliklar, hududiy nizolar, qurolli to‘qnashuvlar natijasida millionlab insonlar o‘z uy-joylarini tark etishga majbur. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, mojarolar va zo‘ravonlik tufayli ko‘chirilgan bolalarning umumiy soni 2024-yil oxiriga kelib 48,8 millionga yetdi, dunyoning turli burchaklarida: Sudan, Myanma, G‘azo sektori, Kongo Demokratik Respublikasi va Afg‘onistonda uyidan haydalgan bolalarning katta qismi bor. Qurolli mojarolar sharoitida bolalar faqat umumiy harbiy harakatlar qurboniga aylanibgina qolmay, ular ota-onasidan ajralish, jismoniy va jinsiy zo‘ravonlikka uchrash, qurolli guruhlarga majburiy yollanish va fundamental huquqlardan, jumladan, ta’lim va sog‘liqni saqlash huquqlaridan mahrum bo‘lish kabi o‘ziga xos xavf-xatarlar ostida qolishadi.

Fields of Study & Subjects

International Law and Human Rights Legal and Social Justice Studies Migration Racism and Human Rights

Publication details

Pages
10–12
Publication date
5 February 2026