BOSHLANGʻICH SINF OʻQUVCHILARIGA MOS MATEMATIK OʻYINLARDAN FOYDALANISHNING SAMARADORLIGI

Read full text
Authors: Kunduz Karimova, Zeboxon Davlatova
Cited by: 0

Abstract

Ushbu maqolada matematika fanini o‘qitishda qiziqarli, zamonaviy hamda innovatsion o‘yinlardan foydalanishning ta’limiy samaradorligi o‘rganilgan. Tadqiqot eksperimental yondashuv asosida oldindan test va yakuniy test orqali amalga oshirildi. O‘quvchilarning matematik bilim darajasidagi o‘zgarishlar maxsus ishlab chiqilgan baholash vositalari yordamida aniqlanib, statistik tahlil qilindi. Tadqiqot natijalari raqamli o‘yinlardan foydalanish o‘quvchilarning matematik bilimlarini sezilarli darajada oshirishini ko‘rsatdi. Oldindan test va yakuniy test natijalari o‘rtasida statistik jihatdan ahamiyatli farq aniqlanib, raqamli o‘yinlarning ta’lim jarayonidagi ijobiy ta’siri isbotlandi. Xulosa sifatida, o‘qituvchi tomonidan yaratilgan raqamli o‘yinlar matematika ta’limini samarali, qiziqarli va interaktiv tashkil etishda muhim didaktik vosita bo‘lib xizmat qilishi mumkin.

Fields of Study & Subjects

Educational Games and Gamification Mathematics Education and Teaching Techniques Mathematics Education and Pedagogy

Publication details

Pages
60–62
Publication date
6 February 2026