BO'LAJAK TIBBIYOT PEDAGOGLARINING AXLOQIY KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISHDA PEDAGOGIK JIHATLAR
Abstract
Mazkur maqolada tibbiyot yo‘nalishidagi bo‘lajak pedagoglarning axloqiy kompetentligini rivojlantirish masalalari ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Maqolada axloqiy kompetentlik tushunchasining mazmuni, uning tarkibiy qismlari hamda bo‘lajak pedagoglarning kasbiy faoliyatida tutgan o‘rni yoritib berilgan. Shuningdek, tibbiyot ta’limi jarayonida axloqiy kompetentlikni shakllantirish va rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlari, samarali metod va vositalari asoslab beriladi. Maqolada zamonaviy ta’lim talablaridan kelib chiqqan holda bo‘lajak pedagoglarda kasbiy mas’uliyat, insonparvarlik, etik me’yorlarga rioya qilish kabi axloqiy sifatlarni rivojlantirish zarurligi ta’kidlanadi. Tadqiqot natijalari tibbiyot ta’limi tizimida pedagog kadrlar tayyorlash sifatini oshirishga xizmat qiladi.
Fields of Study & Subjects
Values and Moral Education
Education and Character Development
Education and Teacher Training
Publication details
- Pages
- 28–32
- Publication date
- 9 February 2026