ICHKI NAZORAT TIZIMI SAMARADORLIGINI ANIQLASHDA XORIJ TAJRIBALARI

Read full text
Authors: Kholisa Kuldosheva
Cited by: 0

Abstract

Ichki nazorat tizimini aniqlashda xorij tajribasi ancha oldinda desak xato qilmagan bo‘lamiz. Xorijiy davlatlardan Rossiya federatsiyasi olimlari izlanishlari va tadqiqotlari natijasiga nazar soladigan bo‘lsak, ular ichki nazorat tizimi korporativ boshqaruvning asosiy bo‘g‘ini deb hisoblaydi. Hozirgi kunda esa korporativ boshqaruvga bo‘lgan talab oshib bormoqda, chunki korporativ boshqaruv yaxshi yo‘lga qo‘yilgan tashkilotlarda rivojlanish odimlanayotganiga guvoh bo‘lamiz. Rossiya olimlaridan biri I.Krasnovaning fikricha, haligacha ichki nazorat tizimini aniqlashning aniq bir tartibi ishlab chiqilmagan. Olim ichki nazorat tizimini tushunishda korxonaning strukturasi, metodikasi, biznes jarayoni, kuzatuv kengashi, nazorat va ijro organlari, moddiy javobgar shaxslar va boshqa shu kabi shaxslarning qabul qiladigan qarorlari bilan bog’laydi.

Fields of Study & Subjects

Accounting and Organizational Management Corporate Governance and Financial Management Auditing Earnings Management Governance

Publication details

Pages
73–77
Publication date
10 February 2026
Language
UZ