GIPERTONIYA KASALLIGI BILAN OG'RIGAN BEMORLARDA SURUNKALI YURAK YETIŞMOVCHILIGINI DAVOLASHDA ANGIOTENZIN II RETSEPTORLARI ANTAGONISTLARINI KOMBINATSIYALANGAN HOLDA QO'LLASH SAMARADORLIGI
Abstract
Hozirgi vaqtda surunkali yurak yetishmovchiligini (SYUYE) davolashda angiotenzin II retseptorlari antagonistlari (ARA) juda keng qo‘llanilmoqda. Rossiya kardiologlar ilmiy jamiyati va Yurak yetishmovchiligi bo‘yicha mutaxassislar jamiyati milliy tavsiyalariga ko‘ra, SYUYE davolashda ARA preparatlarini maqsadli qo‘llash yuklamadan oldingi va keyingi qarshilikni kamaytirish hisobiga chap qorincha (CHQ) sistolik va diastolik funksiyasini yaxshilaydi, CHQ otilib chiqish fraksiyasini oshiradi. Shuningdek, yurak kameralaridagi bosimning pasayishiga olib keladi, natijada miokardning kislorodga bo‘lgan ehtiyoji kamayadi hamda chap qorinchaning diastolik va sistolik funksiyasi yaxshilanadi. Irbesartanni kuniga 75 mg dozada qo‘llash SYUYE bilan og‘rigan bemorlarning o‘lim xavfi va gospitalizatsiya qilinishini sezilarli darajada kamaytiradi.
Fields of Study & Subjects
Heart Failure Treatment and Management
Heart rate and cardiovascular health
Cardiac pacing and defibrillation studies
Publication details
- Pages
- 30–32
- Publication date
- 16 February 2026