GEPATORENAL SINDROM TASHXISOTIDA LABORATOR MARKERLAR AHAMIYATI
Abstract
Gepatorenal sindrom (GRS) jigar sirrozi va portal gipertenziya fonida rivojlanadigan, buyraklarning funksional yetishmovchiligi bilan xarakterlanadigan og‘ir patologik holatdir. Ushbu sindromda buyrak to‘qimalarida organik shikastlanish kuzatilmasada, ularning filtratsion faoliyati keskin pasayadi. Natijada bemorlarning umumiy holati og‘irlashib, o‘lim xavfi ortadi.Amaliyotda GRSni erta aniqlash muhim hisoblanadi, chunki klinik belgilar ko‘pincha kech bosqichlarda namoyon bo‘ladi. An’anaviy laborator ko‘rsatkichlar, xususan kreatinin va mochevina, har doim ham buyrak funksiyasidagi dastlabki o‘zgarishlarni aks ettira olmaydi. Shu sababli zamonaviy diagnostikada sistatin C kabi sezgir biomarkerlarga bo‘lgan ehtiyoj ortib bormoqda.
Fields of Study & Subjects
Liver Disease and Transplantation
Chronic Kidney Disease and Diabetes
Electrolyte and hormonal disorders
Publication details
- Journal / source
- Young Scientists
- Pages
- 149–150
- Publication date
- 25 February 2026