REFLEKSIYA BORASIDAGI ZAMONAVIY YONDASHUVLAR
Abstract
Ma’lumki, ryefleksiya hodisasi ongning determinlashtiruvchi xususiyati ekanligi to‘g‘risidagi dastlabki nuqtai nazarlar va qarashlarning xilma-xilligi psixologiya fanini bu hodisaga qayta-qayta murojaat qilishga olib keladi. Bu hozirgi zamon psixologiyasi noaniq va hatto ziddiyatli baholaydigan tushunchalardan biridir. Refleksiyani jarayon sifatida, ongning xususiyati sifatida, tafakkurning xususiyati sifatida, qobiliyat sifatida tavsiflash an’analari mavjud. Refleksiya ijtimoiy persep s iya mexanizmi va teskari aloqa mexanizmi sifatida qaraladi. Refleksivlik refleksiya jarayonining mahsuldor xususiyati sifatida shaxs yoki sub’yektning xususiyati bo‘lishi mumkin yoki butun bir ijtimoiy guruhning, xususan , oliy ma’lumotli inson larning xususiyati bo‘lishi mumkin. Bu atama boshqa fanlar uchun ham o‘ziga xos ahamiyatga ega. V.A.Lefevrning ishlari tufayli refleksiya tushunchasi falsafadan fanlararo maydonga olib chiqildi. Ko‘plab fanlar: matematika, psixologiya, sosiologiya, falsafa, etika va boshqalar tutashgan joyda joylashgan “refleksiv tizim” va “refleksiv boshqaruv” tushunchalari kiritildi [3].
Fields of Study & Subjects
Philosophy and Theoretical Science
Social Representations and Identity
Academic and Historical Perspectives in Psychology
Publication details
- Journal / source
- Young Scientists
- Pages
- 27–31
- Publication date
- 26 February 2026