MILLIY QADRIYATLAR ASOSIDA TARBIYA BERISH BO'YICHA MILLIY VA XORIJIY TAJRIBALAR TAHLILI

Read full text
Authors: Go'zaloy Ahmadjonova, Arofat Negmatova
Cited by: 0

Abstract

Hozirgi globallashuv va axborot texnologiyalari jadal rivojlanib borayotgan davrda ta’lim tizimi oldiga qo‘yilayotgan eng muhim vazifalardan biri – yosh avlodni nafaqat bilimli, balki yuksak ma’naviy, axloqiy va ijtimoiy mas’uliyatga ega shaxs sifatida tarbiyalashdan iboratdir. Chunki jamiyat taraqqiyoti faqat iqtisodiy yoki texnologik yutuqlar bilan emas, balki inson kapitalining ma’naviy yetukligi, ijtimoiy madaniyati va fuqarolik ongining rivojlanganligi bilan belgilanadi. Shu sababli bugungi kunda ta’lim jarayonida yoshlarni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash masalasi pedagogika, psixologiya va sotsiologiya fanlarining dolzarb ilmiy yo‘nalishlaridan biriga aylangan. Milliy qadriyatlar jamiyatning tarixiy tajribasi, turmush tarzi, urf-odatlari, axloqiy me’yorlari, madaniy merosi hamda avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan ijtimoiy tajribasining umumlashgan ifodasidir. Ular shaxsning o‘z millatiga mansubligini anglashiga, tarixiy ildizlariga hurmat bilan qarashiga, jamiyat oldidagi burch va mas’uliyatini his etishiga zamin yaratadi.

Fields of Study & Subjects

Values and Moral Education Education and Character Development Multicultural Education and Local Wisdom

Publication details

Journal / source
Young Scientists
Pages
109–111
Publication date
3 March 2026