YERYONG'OQ HOSILDORLIGINI OSHIRISH OMILLARI
Abstract
Mazkur maqolada tuproq-iqlim sharoitiga bog‘liq holda yeryong‘oq hosildorligini oshirish omillari tahlil qilingan. Yeryong‘oqning o‘sishi va rivojlanishi tuproqning mexanik tarkibi, namlik darajasi, agrokimyoviy ko‘rsatkichlari hamda harorat rejimiga bevosita bog‘liq. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, yengil qumoq va qumli tuproqlar yeryong‘oq ildiz tizimining yaxshi rivojlanishi va poda hosil qilish jarayoni uchun qulay sharoit yaratadi. Optimal harorat (22–28 °C) va me’yoriy sug‘orish rejimi hosildorlikni oshirishda muhim omil hisoblanadi. Shuningdek, mineral o‘g‘itlarni ilmiy asoslangan me’yorda qo‘llash va tuproqni chuqur yumshatish agrotexnik tadbirlari hosil sifatini yaxshilaydi. Olingan natijalar yeryong‘oq yetishtirish texnologiyasini takomillashtirish va barqaror yuqori hosil olish imkonini beradi.
Fields of Study & Subjects
Agricultural Science and Fertilization
Plant Growth and Agriculture Techniques
Soil Management and Crop Yield
Publication details
- Journal / source
- Young Scientists
- Pages
- 129–132
- Publication date
- 4 March 2026