XIX ASRNING O'RTALARIDA ROSSIYA-QO'QON SAVDO ALOQALARIDA O'ZIGA XOS JIHATLAR
Abstract
XIX asrda Qo‘qon xonligi shahar hayotida savdo-sotiq markaziy o‘rin egallab, ichki va tashqi iqtisodiy munosabatlarning asosiy tayanchiga aylangan. Xonlikdagi savdo tizimi qadimdan shakllangan an’analarga asoslanib, ko‘chmanchi chorvadorlar, o‘troq dehqonlar hamda shahar-qishloq hunarmandlari o‘rtasidagi mahsulot ayirboshlash jarayonlari bilan bog‘liq ravishda rivojlangan. Poytaxt va viloyat markazlari nafaqat ma’muriy, balki yirik savdo shaharlari sifatida ham faoliyat yuritgan bo‘lib, ularda ixtisoslashgan bozor va rastalar faol ishlagan. Qo‘qon xonligi tashqi savdo aloqalarini Buxoro va Xiva xonliklari, shuningdek, Eron, Afg‘oniston, Hindiston, Qashqar, Xitoy va ayniqsa Rossiya bilan yo‘lga qo‘ygan. XIX asrga kelib xonlik savdogarlari Buyuk Ipak yo‘lining Rossiyaga olib boradigan tarmoqlari orqali Petropavlovsk, Semipalatinsk kabi shaharlarda tijorat ishlarini amalga oshirganlar. Bu munosabatlar har ikki tomon uchun iqtisodiy manfaat keltirgan bo‘lsa-da, ayni paytda xonlik iqtisodiyotining tashqi bozorlarga qaramligi kuchayib borgan.
Fields of Study & Subjects
Eurasian Exchange Networks
Soviet and Russian History
Central Asia Education and Culture
Publication details
- Journal / source
- Young Scientists
- Pages
- 17–23
- Publication date
- 5 March 2026
- Language
- UZ