TILLAR VA ULARNING TASNIFI VA TAVSIFI
Summary
No summary yet. VIRAT can read this paper and write a plain-language summary of its aim, methods, key findings and limitations.
Summarise with VIRAT Free to try with your Science Catalogs account.Abstract
Ushbu maqolada dunyo tillarining ilmiy tasnifi , ularning tuzilishi , kelib chiqishi va asosiy xususiyatlari haqida keng qamrovli ma ’ lumot beriladi . Tillar insoniyatning madaniy merosi va ijtimoiy taraqqiyotidagi asosiy vosita sifatida ko‘rib chiqiladi. Dunyo tillarini o‘rganish lingvistika fanida muhim yo‘nalish bo‘lib, ular genealogik, tipologik va geografik mezonlar asosida guruhlarga ajratiladi.Avvalo genealogik tasnif — tillarning kelib chiqishiga ko‘ra bo‘linishi sharhlanadi. Bu tasnifga ko‘ra tillar hind-yevropa, oltoy, afroosiyoiy, dravid, xitoy-tibet, ural, yapon-koreys va boshqa oilalarga ajratiladi, har bir oilaning o‘ziga xos tarixiy ildizlari, fonetik va grammatik belgilari ko‘rsatib o‘tiladi. Shuningdek, o‘zbek tili kiruvchi turkiy tillar oilasining shakllanishi, qadimgi turkiy yodgorliklar va zamonaviy turkiy tillarning o‘zaro munosabatlari haqida fikr yuritiladi.Maqolada tipologik tasnif — tillarning tuzilish xususiyatlariga ko‘ra tasniflanishi ham yoritiladi. Analitik, sintetik, polisintetik, agglutinativ va flektiv tillarning grammatik qurilishi, so‘z yasalishi va gap tuzilishidagi farqlari ilmiy misollar asosida tushuntiriladi. Masalan, turkiy tillarning agglutinativligi yoki ingliz tilining analitik xususiyati kabi jihatlar keltiriladi.Geografik tasnif bo‘limida esa tillarning dunyo mintaqalari bo‘yicha tarqalishi, yirik til hududlari, til-atlaslar va mintaqaviy til kontaktlari haqida umumiy ma’lumot beriladi. Tillar o‘rtasidagi tarixiy aloqa, kontakt lingvistika, pidjin va kreol tillarining paydo bo‘lishi ham qisqacha yoritiladi.Yakunda dunyo tillarining xilma-xilligi, til siyosati, yo‘qolib borayotgan tillar muammosi, global tillar (ingliz, ispan, arab)ning kommunikativ ahamiyati va ularni o‘rganishning zamonaviy ahamiyati haqida mulohazalar beriladi.
Fields of Study & Subjects
Turkic and Altaic Linguistics
Linguistics and language evolution
Linguistics and Language Studies
Publication details
- Journal / source
- Young Scientists
- Pages
- 20–25
- Publication date
- 27 March 2026
- Language
- UZ