GINEKOLOGIK JARROHLIKDA BACHADON INNERVATSIYASINING OG'RIQ MEXANIZMLARIDAGI RO'LI

Read full text
Authors: Robiya Azamjonova, Muslimaxon Axmedova, Mirzoulug'bek Tojiddinov
Cited by: 0

Abstract

Ginekologik jarrohlik amaliyotlarida og‘riq sindromining shakllanishi ko‘p omilli bo‘lib, uning asosiy patofiziologik mexanizmlaridan biri bachadonning nerv tizimi orqali ta’minlanishidir. Bachadonning simpatik va parasimpatik innervatsiyasi, visseral afferent tolalar hamda reflektor zonalar jarrohlik paytida va undan keyingi og‘riq javobining yuzaga kelishida muhim rol o‘ynaydi. Ushbu maqolada bachadon innervatsiyasining anatomik-fiziologik asoslari, og‘riq impulslarining markaziy nerv tizimiga uzatilish yo‘llari hamda jarrohlik stress fonida yuzaga keladigan reflektor va vegetativ reaksiyalar tahlil qilamiz. Shuningdek, ginekologik operatsiyalar vaqtida to‘qimalarning shikastlanishi natijasida ajralib chiqadigan biologik faol moddalar va ularning og‘riq sezgisini kuchaytirishdagi o‘rni yoritiladi. Tadqiqot natijalari og‘riqni samarali nazorat qilish, anesteziologik yondashuvlarni optimallashtirish va postoperatsion asoratlarni kamaytirishda bachadon innervatsiyasini chuqur tushunish zarurligini ko‘rsatadi.

Fields of Study & Subjects

Anesthesia and Pain Management Pain Mechanisms and Treatments Pain Management and Treatment

Publication details

Volume
3
Issue
1
Pages
74–81
Publication date
12 January 2026
Language
EN