BOSHLANGʻICH SINF OʻQUVCHILARINI XALQ OGʻZAKI IJODI ASOSIDA VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYALASHNING PEDAGOGIK ASOSLARI

Read full text
Authors: Meliyeva Gulnoza Xomitovna
Cited by: 0

Abstract

Mazkur maqolada boshlangʻich sinf oʻquvchilarini xalq ogʻzaki ijodi asosida vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning pedagogik asoslari ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda xalq ogʻzaki ijodining (ertaklar, rivoyatlar, dostonlar, maqol va matallar, xalq qoʻshiqlari) tarbiyaviy imkoniyatlari ochib berilib, ularning oʻquvchilarda Vatanga muhabbat, milliy gʻurur, tarixiy xotira va fuqarolik mas'uliyatini shakllantirishdagi ahamiyati asoslab beriladi. Boshlangʻich ta'lim yoshidagi bolalarning psixologik va yosh xususiyatlarini inobatga olgan holda, xalq ogʻzaki ijodidan foydalanishning pedagogik shart-sharoitlari va metodik yondashuvlari yoritiladi. Shuningdek, maqolada xalq ogʻzaki ijodini ta'lim jarayoniga integratsiyalash orqali vatanparvarlik tarbiyasini samarali tashkil etish yoʻllari ko‘rsatib beriladi. Tadqiqot natijalari boshlangʻich ta'lim amaliyotida vatanparvarlik tarbiyasini kuchaytirish va ma'naviy-axloqiy rivojlanishni ta'minlash uchun pedagogik asos bo‘lib xizmat qiladi.

Fields of Study & Subjects

Values and Moral Education Child Development and Education Education and Character Development

Publication details

Journal / source
New Uzbekistan Journal of Academic Research
Volume
3
Issue
1
Pages
120–122
Publication date
16 January 2026
Language
EN