SURUNKALI YURAK ISHEMIK KASALLIGI ANIQLANGAN BEMORLARDA AORTOKORONAR SHUNTLASH VA STENTLASH AMALIYOTINING SIMPATOADRENAL TIZIM FUNKSIONAL FAOLLIGIGA TA'SIRI
Abstract
Ushbu maqolada yurak ishemik kasalligi (YIK) bo‘lgan bemorlarda koronar arteriyani shuntlash (AKSh) amaliyotidan keyingi davrda simpatoadrenal tizim (SAT) disfunksiyasining koronar shuntlarning funksional holatiga ta’siri bo‘yicha mavjud ilmiy ma’lumotlar tizimli tahlil qilinadi. Adabiyotlarda SAT faolligining oshishi adrenalin, noradrenalin va dofamin kabi katexolaminlar sekretsiyasi kuchayishi, shuningdek ularning metabolizmini ta’minlovchi ferment tizimlari — monoaminooksidaza (MAO) va katexol-O-metiltransferaza (KOMT) faoliyati bilan chambarchas bog‘liq ekani ko‘rsatilgan. Ushbu neyrogumoral o‘zgarishlar vazokonstriksiya, endotelial disfunksiya va mikrosirkulyator buzilishlar orqali koronar shuntlar orqali qon oqimini cheklashi mumkin. SAT disfunksiyasining AKShdan keyingi shuntlangan tomirlar funksional holatini baholash va prognozlashda muhim patogenetik bo‘g‘in sifatida ko‘rib chiqish zarurligini ko‘rsatadi.
Fields of Study & Subjects
Cardiac and Coronary Surgery Techniques
Coronary Interventions and Diagnostics
Cardiac Health and Mental Health
Publication details
- Journal / source
- New Uzbekistan Journal of Academic Research
- Volume
- 3
- Issue
- 2
- Pages
- 94–96
- Publication date
- 11 February 2026
- Language
- EN