QALAMPIR MUNCHOQ (CAPSICUM ANNUUM L.)NING INSON ORGANIZMIGA FOYDASI: KIMYOVIY TARKIBI, BIOLOGIK FAOLLIGI VA DAVOLASH XOSSALARI

Read full text Summarise with VIRAT
Authors: Qudratillo Kozimov, Maxliyoxon Isroilova
Cited by: 0
References: 6

Summary

No summary yet. VIRAT can read this paper and write a plain-language summary of its aim, methods, key findings and limitations.

Summarise with VIRAT Free to try with your Science Catalogs account.

Abstract

Ushbu ilmiy maqolada qalampir munchoq (Capsicum annuum L.) o'simligining inson organizmiga ko'rsatadigan foydali ta'sirlari keng qamrovli tarzda tahlil qilingan. Tadqiqot davomida qalampir munchoqning kimyoviy tarkibi, jumladan kapsaisin, C vitamini, karotinoidlar, flavonoidlar va mineral moddalar ko'rib chiqilgan. Maqolada o'simlikning antioksidant, yallig'lanishga qarshi, og'riq qoldiruvchi va immunitet kuchaytiruvi xossalari ilmiy adabiyotlar asosida tasdiqlanadi. Bundan tashqari, qalampir munchoqning yurak-qon tomir tizimi, ovqat hazm qilish, metabolizm va semirib ketishni oldini olishdagi ijobiy roli ham alohida ko'rib chiqiladi.Tadqiqot qalampir munchoqning zamonaviy tibbiyot va xalq tabobatidagi o'rni va ahamiyatini yoritadi. Maqolada shuningdek, o'simlikni qo'llashda ehtiyot bo'lish zarur bo'lgan holatlar ham keltirilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko'rsatadiki, qalampir munchoq profilaktik va davolash maqsadida keng qo'llanilishi mumkin bo'lgan tabiiy vosita hisoblanadi. Ushbu maqola tibbiyot, farmakologiya va oziq-ovqat fanlari sohasida ishlaydigan mutaxassislar hamda keng jamoatchilik uchun mo'ljallangan. Olingan ma'lumotlar asosida qalampir munchoqni ratsional oziqlanish va profilaktik tibbiyotga kiritish bo'yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Fields of Study & Subjects

Medicinal Plant Research Agricultural and Biological Research Phytochemicals and Antioxidant Activities

Publication details

Journal / source
New Uzbekistan Journal of Academic Research
Volume
3
Issue
3
Pages
177–182
Publication date
31 March 2026
Language
EN