DIABETGA UCHRAGAN KALAMUSHLARNING JIGAR HUJAYRALARIDA ANTIOKSIDANT TIZIMIGA GLITSIRRIZIN KISLOTASI VA KVERSETINNING SUPROMOLEKULYAR KOMPLEKSI TA'SIRINI O'RGANISH.

Read full text
Authors: Nodira Boltayeva
Cited by: 0

Abstract

Tanlab ta’sir etuvchi biologik faol moddalarni modifikatsiya qilishda samarali usullardan foydalaniladi. Bunday moddalardan biri glitsirrizin kislotasi (GK) bo‘lib, undan tabobat uchun ahamiyatga ega bo‘lgan bir qator azot tutuvchi birikmalari sintez qilinib, ularning fiziologik faolligi o‘rganilgan: glikopeptidlar bo‘lib, aminokomponent sifatida NH guruh tutuvchi turli organik moddalardan foydalanilgan. Flavonoidlar alloksan qo‘zg‘atadigan QD ga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Olimlarning ba’zilarida flavinoidlar tarkibiga kiruvchi kversetinning antioksidan ta’sirga ega ekanligi ta’kidlansa, boshqa olimlar bunga kversetinning ta’siri mavjud emas degan xulosalarni berishmoqda Shuning uchun Kversetinning antioksidant ta’sirini oshirish maqsadida turli xil tashuvchi birikmalardan foydalanilmoqda. Glitsirrizin kislotasi va kversetinning supromolekulyar kompleksi ta’sirida LPO ikkilamchi mahsuloti miqdori 3,12 nmol/mg oqsilni tashkil qilishi, bu esa kasal hayvonlarga nisbatan sezilarli miqdorda pasaygani kuzatildi. SOD fermenti faolligiga (Gk+Kv (4:1)) supromolekulyar kompleksi tasirida ferment faolligi kasal hayvonlarga qaraganda 25 % gacha ko‘tarildi

Fields of Study & Subjects

Natural Antidiabetic Agents Studies Synthesis of Organic Compounds Pharmacological Effects of Natural Compounds

Publication details

Journal / source
Бюллетень студентов нового Узбекистана
Volume
4
Issue
1
Pages
63–69
Publication date
27 January 2026
Language
EN