SUT BEZI SARATONIDA ONKOMARKERLAR VA IMMUNOGISTOKIMYOVIY TEKSHIRUVLARNING DIAGNOSTIK AHAMIYATI

Read full text
Authors: Yulduz Nishonova, Pokizaxon Nurillayeva, Islomjon Izbasarov, Madina Muhammadiyeva
Cited by: 0

Abstract

Sut bezi saratonini aniqlash va monitoring qilishda biokimyoviy markerlarning diagnostik va prognostik ahamiyati baholandi. Tadqiqot jarayonida CA 15-3, karsinoembrional antigen (CEA), HER2/neu va estrogen retseptorlari kabi o‘sma markerlarining klinik qo‘llanilishi tahlil qilindi[2,3,4]. Natijalar ushbu markerlarning kasallikni erta aniqlash, davolash samaradorligini baholash hamda residiv va metastazlar xavfini prognoz qilishda muhim ahamiyatga ega ekanini ko‘rsatdi[2,3]. Luminal A — sut bezi saratonining eng ko‘p uchraydigan va eng qulay prognozga ega bo‘lgan immunogistokimyoviy turi hisoblanadi[7,9]. Bu tur o‘sma hujayralarida estrogen (ER) va progesteron (PR) retseptorlarining yuqori darajada ifodalanishi, HER2 onkoproteinining manfiy bo‘lishi hamda Ki-67 proliferativ indeksining pastligi bilan xarakterlanadi[5,7].Mazkur turdagi o‘smalar odatda sekin o‘sadi, kam invaziv bo‘ladi va uzoq muddatli yashovchanlik ko‘rsatkichlari yuqori hisoblanadi[9]. Luminal A turida gormonal regulyatsiya asosiy rol o‘ynaganligi sababli, o‘sma hujayralari gormonal terapiyaga yaxshi javob beradi[3].Luminal A turidagi bemorlarda gormonal davolash (tamoksifen, aromataza ingibitorlari) asosiy tanlov bo‘lib, ko‘pincha kimyoterapiyasiz ham samarali natijalarga erishiladi[3].

Fields of Study & Subjects

Breast Cancer Treatment Studies Breast Lesions and Carcinomas HER2/EGFR in Cancer Research

Publication details

Journal / source
Бюллетень студентов нового Узбекистана
Volume
4
Issue
3
Pages
4–11
Publication date
11 March 2026
Language
EN