O'ZBEKISTON IQTISODIYOTIDA MONETAR SIYOSATNING XUFYONA IQTISODIYOTGA TA'SIRI VA O'ZARO BOG'LIQLIGI
Abstract
O‘zbekiston iqtisodiy rivojlanishining hozirgi bosqichida makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, pul-kredit siyosatini takomillashtirish va xufyona iqtisodiyot ulushini qisqartirish mamlakatning eng muhim strategik vazifalaridan biridir. Bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o‘tish jarayonida pul muomalasini tartibga solish, inflyatsiyani nazorat qilish, valyuta barqarorligini saqlash bilan bir qatorda iqtisodiyotning “soya” yoki “xufyona” sektori bilan bog‘liq muammolar ham dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Chunki xufyona iqtisodiyot mamlakatda rasmiy statistik hisobdan chetda qolgan, soliqqa tortilmagan, ammo sezilarli iqtisodiy qiymat yaratayotgan faoliyat turlarini o‘z ichiga oladi. Bu esa monetar siyosatning ta’sirchanligiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi.
Fields of Study & Subjects
Monetary Policy and Economic Impact
Taxation and Compliance Studies
Economic and Fiscal Studies
Publication details
- Pages
- 140–142
- Publication date
- 28 January 2026