O'ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA YERDAN FOYDALANISH VA MUHOFAZA QILISHNI HUQUQIY TARTIBGA SOLISH

Read full text
Authors: Iroda Asanova, Djasur Kubayev
Cited by: 0

Abstract

Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasida yerdan foydalanish va uni muhofaza qilishni huquqiy tartibga solish masalalari kompleks tahlil qilingan. Tadqiqot davomida yerning umummilliy boylik sifatidagi o‘rni, undan oqilona va samarali foydalanishning huquqiy asoslari, shuningdek, yer resurslarini muhofaza qilishga qaratilgan normativ-huquqiy mexanizmlar yoritilgan. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va Yer kodeksi normalari asosida yer bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solishning huquqiy poydevori tahlil etilgan. Shuningdek, yerdan foydalanish jarayonida yuzaga kelayotgan dolzarb muammolar, jumladan yer degradatsiyasi, meliorativ holatning yomonlashuvi hamda maqsadsiz foydalanish holatlari aniqlanib, ularni bartaraf etishning huquqiy yo‘llari asoslab berilgan. Tadqiqot natijalari yer qonunchiligini modernizatsiya qilish, ekologik talablarni kuchaytirish va yer resurslarini boshqarishda raqamli texnologiyalarni keng joriy etish zarurligini ko‘rsatadi.

Fields of Study & Subjects

Land Use and Management Land Rights and Reforms Environmental law and policy

Publication details

Pages
48–51
Publication date
4 February 2026