TIJORAT BANKLARIDA RAQAMLI MOLIYAVIY XIZMATLARNI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI

Read full text
Authors: Begimqulova Sevara Faxriddinovna
Cited by: 0

Abstract

Hozirgi davrda raqamli iqtisodiyotning jadal rivojlanishi bank-moliya tizimining barcha yo‘nalishlariga chuqur ta’sir ko‘rsatmoqda. Ayniqsa, tijorat banklarida raqamli moliyaviy xizmatlarni takomillashtirish masalasi bank tizimining samaradorligi, barqarorligi va raqobatbardoshligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Raqamli texnologiyalar bank xizmatlarini ko‘rsatish jarayonini tubdan o‘zgartirib, an’anaviy bank faoliyatini zamonaviy, tezkor va mijozga yo‘naltirilgan modelga aylantirmoqda. Natijada, banklar mijozlar ehtiyojini tezroq qondirish, xizmatlar sifatini oshirish va operatsion xarajatlarni qisqartirish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda.

Fields of Study & Subjects

Digital Transformation in Financial Services Banking Sector Performance and Management Banking Systems and Strategies

Publication details

Pages
53–55
Publication date
5 February 2026