O'ZBEKISTONDA RAQAMLI SOLIQ BOSHQARUVINING RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI VA SAMARADORLIGI
Abstract
So‘nggi yillarda O‘zbekistonda iqtisodiyotni raqamlashtirish jarayoni davlat boshqaruvining barcha sohalarini, jumladan soliq tizimini ham qamrab oldi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida soliq boshqaruvining samaradorligi davlat byudjeti barqarorligini ta’minlash, tadbirkorlik muhitini yaxshilash hamda yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirishda muhim ahamiyat kasb etadi. An’anaviy soliq ma’muriyatchiligi tizimlarida mavjud bo‘lgan ortiqcha byurokratiya, inson omiliga bog‘liqlik, axborot almashinuvidagi sustkashlik va nazorat mexanizmlarining yetarli darajada samarali emasligi raqamli texnologiyalarni joriy etishni taqozo etdi. Shu bois O‘zbekistonda raqamli soliq boshqaruvini shakllantirish va rivojlantirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylandi.
Fields of Study & Subjects
E-Government and Public Services
Taxation and Compliance Studies
Economic and Fiscal Studies
Publication details
- Pages
- 63–65
- Publication date
- 9 February 2026