CLIL MODELI ASOSIDA KASBIY KOMMUNIKATIV KOMPETENSIYA TUSHUNCHASINING MAZMUNI
Abstract
Mazkur tezisda CLIL (Content and Language Integrated Learning) modeli doirasida “kasbiy kommunikativ kompetensiya” tushunchasining mazmuni lingvodidaktik va kompetensiyaviy yondashuvlar kesishmasida talqin qilinadi. Tadqiqotning konseptual asosida til o‘rgatish jarayonida kasbiy mazmun (fan kontenti) va kommunikatsiya vazifalarini uyg‘unlashtirish orqali o‘quvchining kasbiy muloqotga tayyorgarligini shakllantirish g‘oyasi yotadi. Tezisda kasbiy kommunikativ kompetensiyaning tarkibiy qatlamlari, CLILning 4C modeli bilan munosabati, diskursiy-amaliy ko‘rsatkichlari, o‘quv vazifalarida namoyon bo‘lish mexanizmlari hamda baholashning integrallashgan mezonlari ilmiy asoslanadi. Natijalar kasbiy kommunikativ kompetensiyani CLILda “tilni bilish”dan ko‘ra “kasbiy vazifani til vositasida bajarish” sifatida izohlash maqsadga muvofiqligini ko‘rsatadi.
Fields of Study & Subjects
Second Language Learning and Teaching
Linguistic Education and Pedagogy
Language Acquisition and Education
Publication details
- Pages
- 72–74
- Publication date
- 11 February 2026